Biz haqimizda

NORDIK TV — Xalqaro Nordik universitetining mustaqil yangiliklar nashri.

Loyiha Jurnalistika kafedrasi hamda Marketing va PR bo‘limi tomonidan birgalikda yuritiladi. Sayt 2026-yil 6-noyabrda ishga tushdi va faqat o‘zbek tilida nashr etiladi.

Vazifamiz — O‘zbekistonda va dunyoda bo‘layotgan voqealarni tekshirilgan manbalar asosida, tushunarli va batafsil tilda yetkazish.

Biz yangilikni tez birinchi bo‘lib aytish uchun emas, tushuntirib berish uchun yozamiz. Har bir xabar ortida nima bor, u oddiy odam hayotiga qanday ta’sir qiladi — asosiy savolimiz shu.

Qanday ishlaymiz

  • Har bir xabar rasmiy bayonotga yoki kamida ikkita mustaqil manbaga tayanadi.
  • Boshqa nashrlarning matni ko‘chirilmaydi. Mavzu ular orqali topilishi mumkin, matn esa birlamchi manbalar asosida qayta yoziladi.
  • Har bir material ostida manbalar ro‘yxati va kadrlar muallifi ko‘rsatiladi.
  • Ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lsa yoki ishonchliligi shubhali bo‘lsa, bu matnda alohida belgilanadi.
  • Xato aniqlansa, u tuzatiladi va tuzatilgani ko‘rsatiladi.
  • Sud jarayonlari haqida yozganda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilamiz; jabrlanuvchilar va voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.

Tahririyat

Tahririyat Jurnalistika kafedrasi o‘qituvchilari va Jurnalistika yo‘nalishi talabalaridan iborat.

Talabalar mavzuni tanlaydi, manbalar bilan ishlaydi, fakt-chek qiladi, matn va kadrlarni tayyorlaydi. Yakuniy tahrir va nashr kafedra nazoratida amalga oshiriladi. Bu — talabalar uchun haqiqiy nashr tajribasi: material chiqadi, o‘quvchi o‘qiydi, xato bo‘lsa javob berish kerak bo‘ladi.

Nimalar haqida yozamiz

Jamiyat, siyosat, iqtisodiyot, huquq, ta’lim, salomatlik, texnologiya, qurilish, sport va madaniyat.

Aloqa

Taklif, shikoyat yoki tuzatish bo‘yicha murojaat qilsangiz, imkon qadar tez javob beramiz