Bank ilovalarida P2P va biometrik tasdiqlashning yangi tartibi kuchga kirdi

Bank ilovalarida P2P o‘tkazmalar, OTP va biometrik identifikatsiya tartibi 16-noyabrdan o‘zgardi. Tasdiqlanmagan o‘tkazmadagi firibgarlikka bank javob beradi.

· 1 daqiqa o‘qish

qo'l, karta, telefon

2026-yil 16-noyabrdan bank va to‘lov ilovalarida masofaviy moliyaviy xizmatlar xavfsizligiga oid yangilangan talablar kuchga kirdi. O‘zgartirishlar Markaziy bank boshqaruvining 3-avgustdagi 21/2-son qarori bilan tasdiqlangan va 14-avgust kuni Adliya vazirligida 3759-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Endi banklar va to‘lov tashkilotlari OTP yoki boshqa muqobil tasdiqlashsiz amalga oshiriladigan P2P o‘tkazmaning eng yuqori miqdorini o‘z risk siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Bu chegaradan yuqori o‘tkazmalar albatta tasdiqlanishi kerak.

Tasdiqlashsiz o‘tgan o‘tkazmalar bilan bog‘liq firibgarlik uchun javobgarlik bank yoki to‘lov tashkiloti zimmasiga yuklanadi.

Ilovada ro‘yxatdan o‘tishda masofaviy biometrik identifikatsiya talab qilinadi. Mavjud hisobga boshqa qurilmadan kirilganda yoki parol tiklanganda ham biometriyadan o‘tish kerak bo‘ladi.

Bunday holatlarda hisobga ulangan bank kartalari vaqtincha faolsizlantiriladi, ularni OTP orqali qayta faollashtirish mumkin.

Telefon raqami foydalanuvchining JSHSHIRiga mos kelishi tekshiriladi. Korporativ raqamlar hamda qarindoshlik tasdiqlangan holda yaqin qarindosh nomidagi raqamlar bundan mustasno.

Qurilmada zararli dastur yoki masofadan boshqarish aniqlansa, mijoz push-xabar va SMS orqali ogohlantiriladi. Veb-saytlar orqali P2P o‘tkazmalar taqiqlanadi, ilovada karta egalarining ismi qisman yashirib ko‘rsatiladi.

3marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

3marta ko‘rilgan