Italiyada Meta kompaniyasi 805 million yevro jarimaga tortildi
Meta kompaniyasi Facebook ilovasi orqali Android foydalanuvchilarining shaxsiy foto va videolariga alohida roziligisiz kirgani uchun Italiyada 805 million yevro jarimaga tortildi.
· 1 daqiqa o‘qish

Italiyaning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha vakolatli organi Meta kompaniyasiga 805 million yevro miqdorida jarima qo‘lladi. Bunga Android qurilmalaridagi Facebook ilovasi orqali foydalanuvchilarning telefon galereyasida saqlangan foto va videolariga yetarli roziligisiz kirilgani sabab bo‘lgan.
Gap Facebook ilovasidagi «Galereyadan tavsiyalar olish» funksiyasi haqida ketmoqda. Ushbu funksiya foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqdan foydalanish jarayonida telefon galereyasidagi foto va videolarni postlar uchun g‘oya sifatida taklif qiladi.
Tekshiruv davomida Meta kompaniyasi telefon galereyasiga kirish uchun alohida rozilik olmagani, balki butun ilova uchun berilgan umumiy ruxsatdan foydalangani aniqlangan. Shuningdek, mazkur funksiya dastlabki holatdayoq faol bo‘lgan.
Italiya nazorat organi Meta kompaniyasidan ushbu funksiya uchun foydalanuvchilarning alohida roziligini olishni, uning ishlash tartibini tushuntirishni hamda dastlabki holatda o‘chirilgan bo‘lishini ta’minlashni talab qilgan. Kompaniyaga belgilangan talablarni bajarish uchun 60 kun muhlat berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Italiyadagi taxminan 20 million nafar Android foydalanuvchisiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


