Konor Makgregor Holouey bilan uchinchi jangni istamoqda

Konor Makgregor Maks Holouey bilan yana bir bor jang qilish istagini bildirdi. Irlandiyalik sportchi bu haqda Glazgodagi BKFC tadbiridan keyingi matbuot anjumanida gapirdi

· 1 daqiqa o‘qish

Max Holuvey va Conr Magregor
Ufc instagram sahifasi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor amerikalik jangchi Maks Holouey bilan uchinchi bor oktagonda to‘qnash kelishni istamoqda.

Makgregor bu haqda Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan BKFC tadbiridan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

«Bu, albatta, Holouey bo‘lishi kerak. Keling, bu jangni yana bir bor o‘tkazamiz», — dedi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, ikki sportchi ilk bor 2013-yilda UFC turnirida uchrashgan. O‘sha jangda Makgregor hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan. Hozircha ular o‘rtasidagi ehtimoliy uchinchi jangning sanasi va joyi rasman e’lon qilinmagan.

9marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

Israel Adesanya va Shara Bullet jangi rasman e’lon qilindi

UFC sobiq chempioni Israel Adesanya rossiyalik Shara Bullet (Sharabutdin Magomedov) bilan oktagonda to‘qnash keladi. Jang 2026-yil 5-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan UFC Fight Night turnirining asosiy jangi bo‘ladi.

11marta ko‘rilgan
9marta ko‘rilgan