O‘zbekiston va O‘mon strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yadi

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib oldi.

· 1 daqiqa o‘qish

2 davlat prezidentlari
president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Masqat shahridagi “Al-A’lam” saroyida uchrashuv va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Savdo, investitsiya, transport, energetik, sanoat, turizm va raqamlashtirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Tomonlar O‘zbekiston – O‘mon investitsiya kompaniyasi ustav kapitalini ikki barobarga oshirib, 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ham qator takliflar ilgari surildi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Kelishuvlar ijrosini ta’minlash uchun “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etishga kelishildi. Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonini O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif qildi.

6marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

6marta ko‘rilgan