O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta hosili yig‘ib olindi

Mamlakat paxtachilik tarixida ilk bor 5 million tonnalik marra zabt etildi. Hosilning 76 foizi mashinalar bilan terilgan, Jizzaxda bu ko‘rsatkich 98,5 foiz.

· 1 daqiqa o‘qish

paxta terishayotgan odamlar
Gazeta

2026-yilda O‘zbekiston dalalaridan 5 million tonnadan ziyod paxta hosili yig‘ib olindi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, bu natija mamlakat paxtachilik tarixida ilk bor qayd etilgan.

Mavsumda paxta terimini mexanizatsiyalashtirish darajasi hududlar kesimida 61 foizdan 98,5 foizgacha yetgan, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 76 foizni tashkil etgan. Jizzax viloyatida 98,5 foiz, Sirdaryoda 94,2 foiz, Toshkent viloyatida 81,2 foiz hosil terim mashinalari bilan yig‘ib olingan.

Umumiy hosilning 3 515 597 tonnasi qariyb 3 mingta zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida terib olingan.

Vazirlik bu natijani Prezident Shavkat Mirziyoyevning dehqon va fermerlar hamda qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigida ham alohida qayd etilganini ta’kidlagan: mustaqil O‘zbekiston tarixida bunday yutuq ilk bor qo‘lga kiritilmoqda.

1marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

Onix va Tracker arzonlashdi

Qisqacha mazmun: UzAuto Motors 2026-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari narxini pasaytirdi. Chegirmalar 100 foizlik to‘lov sharti bilan taqdim etiladi.

4marta ko‘rilgan
1marta ko‘rilgan