Toshkentda ikki yashirin koll-markaz fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkent shahar IIBB Mirobod tumanida onlayn qimor va internet firibgarligi bilan bog‘liq ikki guruhni aniqladi. 576 ming dollarlik kriptoaylanma qayd etildi.

· 1 daqiqa o‘qish

odamlar
Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Mirobod tumanida ikkita yashirin koll-markaz faoliyatini to‘xtatdi. Jami 72 kishi ushlandi.

Birinchi manzil. Farg‘ona yo‘li 1-tor ko‘chasidagi bino oyiga 9 ming dollarga ijaraga olingan. Bu yerda 52 kishi qo‘lga olindi. IIBB ma’lumotiga ko‘ra, ular noqonuniy onlayn qimor va litsenziyasiz bukmekerlik uchun to‘lovlarni bank kartalari orqali qabul qilib, o‘tkazib bergan.

Manzildan 110 ming dollar naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta telefon va uchta Starlink qurilmasi olib qo‘yildi.

Ikkinchi manzil. Katta Mirobod ko‘chasidagi xonadon oyiga 2 ming dollarga ijaraga olingan. Bu yerda 20 kishi ushlandi. Ular internetda o‘zini ayol sifatida tanishtirib, mijozlarni aldash yo‘li bilan pul undirganlikda gumon qilinmoqda.

Bu manzildan 24 ta noutbuk, bitta planshet, 52 ta telefon va to‘rtta Wi-Fi qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Har ikki guruhda vazifalar taqsimlangan: rahbar, ish boshqaruvchi, operatorlar va qo‘riqchilar bo‘lgan. Tergovchilar 576 ming dollarlik kriptoaktivlar aylanmasini aniqlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda.

6marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

6marta ko‘rilgan