1968-yilda K-55 suvosti kemasida shifokor o‘ziga murakkab operatsiya o‘tkazgan

Sovet harbiy shifokori Aleksey Shapovalov 1968-yilda Arktika muzliklari ostida harakatlanayotgan K-55 atom suvosti kemasida o‘zining appendiksini olib tashlashga majbur bo‘lgan. U haqidagi voqea 1973-yilda ilmiy tibbiyot jurnalida ham yoritilgan.

· 2 daqiqa o‘qish

 shifokor,  aperatsiya jarayoni
k-55memory.ru

1968-yilda Shimoliy flotdan Tinch okean flotiga yo‘l olgan Sovet Ittifoqining K-55 atom suvosti kemasida noodatiy tibbiy hodisa yuz bergan. Kema tibbiy xizmati boshlig‘i Aleksey Alekseyevich Shapovalovda appenditsit (ko‘richak o‘simtasining yallig‘lanishi) rivojlangan. Kema Arktika hududida, muzliklar ostida harakatlanayotgani sababli shifokorni quruqlikka olib chiqishning imkoni bo‘lmagan. K-55 tarixiga bag‘ishlangan loyihada keltirilishicha, Shapovalov avval ekipaj a’zosi V. B. Shcherbalyukni ham shu kasallik sababli operatsiya qilgan. Uning ahvoli yaxshilanayotganiga ishonch hosil qilgach, shifokor o‘z hayotini saqlab qolish uchun o‘zida jarrohlik amaliyotini bajarishga qaror qilgan. Operatsiya vaqtida unga ekipajning uch nafar a’zosi yordam bergan. Ular orasida B. I. Borisov, B. N. Merkulov va A. M. Abramov bo‘lgan. Shifokor jarrohlik amaliyotini suvosti kemasining ichki xonalaridan birida bajargan. K-55 loyihasi ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan va Shapovalov keyinchalik xizmatini davom ettirgan. k-55memory.ru Ushbu voqea faqat tarixiy xotiralarda qolib ketmagan. Shapovalov 1973-yil dekabrida «Voenno-meditsinskiy jurnal» nashrida suvosti safari davomida o‘zida bajargan appendektomiya haqida ilmiy maqola chop ettirgan. PubMed xalqaro tibbiy bibliografik bazasida ham maqolaning muallifi, nomi va nashr sanasi qayd etilgan. PubMed K-55 ning 1968-yildagi Arktika safari ham alohida tarixiy ahamiyatga ega. Kema Shimoliy flotdan Tinch okean flotiga muzliklar ostidan o‘tgan. K-55 tarixiy loyihasida ushbu safar davomida suvosti kemasi 128 soat ichida 1 735 dengiz milini bosib o‘tgani ko‘rsatilgan. Shapovalovning operatsiyasi aynan shu murakkab safar bilan bog‘liq voqealardan biri sifatida qayd etilgan. deepstorm.ru

4marta ko‘rilgan
Manbalar
  • k-55memory.ru/services/podvig-ekipazha-i-aa-shapovalova
  • k-55memory.ru/

Yana o‘qing

4marta ko‘rilgan