Anthropic IPO’da 81 mlrd dollar jalb qildi: kompaniya qiymati 1,5 trln dollar
Anthropic IPO: Claude yaratuvchisi aksiyalarni 83 dollardan joyladi va 81 mlrd dollar jalb qildi — bu tarixdagi eng yirik birlamchi ommaviy taklif.
· 1 daqiqa o‘qish

Claude sun’iy intellekt modellarini ishlab chiquvchi Anthropic kompaniyasi 18-noyabr kuni birlamchi ommaviy taklif (IPO) narxini belgiladi. Aksiyalar har biri 83 dollardan joylashtirildi, bu avval e’lon qilingan 70–78 dollarlik oraliqdan yuqori.
Jami 980 mln A toifali aksiya sotildi: qariyb 956,4 mln donasini kompaniyaning o‘zi, 23,6 mln donasini mavjud aksiyadorlar taklif qildi. Dastlab 825 mln aksiya sotish rejalashtirilgan edi.
Taklif hajmi qariyb 81,3 mlrd dollarni tashkil etib, iyun oyida SpaceX jalb qilgan qariyb 75 mlrd dollarlik rekorddan oshib ketdi. Kompaniyaning to‘liq suyultirilgan qiymati taxminan 1,5 trln dollarga baholanmoqda.
Aksiyalar Nasdaq birjasida “ANT” tikeri ostida 19-noyabrdan savdoga chiqadi. Anadolu agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bitim 20-noyabr kuni yopilishi kutilmoqda.
IPO bilan bir qatorda AMD, Broadcom, Google, Microsoft, Nvidia kabi kompaniyalarga 26 mlrd dollarlik xususiy joylashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Anderrayterlar 30 kun ichida qo‘shimcha 147 mln aksiya sotib olish huquqiga ega. U to‘liq ishlatilsa, ommaviy taklif hajmi 93 mlrd dollardan oshishi mumkin.


