BRICS banki O‘zbekistonga kam uglerodli energetika uchun 300 mln dollar beradi
Yangi taraqqiyot banki (BRICS) va O‘zbekiston 300 mln dollarlik kredit bitimini imzoladi: mablag‘ quyosh, shamol, gidro va atom energetikasiga.
· 1 daqiqa o‘qish

BRICS davlatlari tashkil etgan Yangi taraqqiyot banki (NDB) va O‘zbekiston hukumati 300 mln dollarlik kredit bitimini imzoladi. Bu haqda bank 17-noyabr kuni rasmiy saytida xabar berdi.
Mablag‘ Kam uglerodli energetika sektorini rivojlantirish loyihasining birinchi bosqichiga yo‘naltiriladi. Kredit quyosh, shamol, gidro va atom energetikasi loyihalarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan.
Loyihadan maqsad iqtisodiyotning tabiiy gazga yuqori bog‘liqligini kamaytirish, energetik xavfsizlikni mustahkamlash va iqlim bo‘yicha milliy majburiyatlarni bajarishga ko‘maklashishdir. U “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq keladi.
Loyihani O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi muvofiqlashtiradi. Foiz stavkasi va qaytarish muddati kabi shartlar oshkor etilmagan.
NDB vitse-prezidenti Roman Serov bank O‘zbekistonning energetik o‘tishini qo‘llab-quvvatlashini va mamlakatda yangi loyihalar portfelini shakllantirayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston NDBga 2026-yil iyun oyida a’zo bo‘lib, bankka qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatga aylangan.


