Haydovchilar uchun yangi tartib tasdiqlandi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha ma’muriy ishlarni rasmiylashtirish tartibi yangilandi. Haydovchilardan jarimani joyida undirish taqiqlanadi. Yangi tartib 2027-yil 7-yanvardan kuchga kiradi.

· 1 daqiqa o‘qish

Ypx xodimi
Qalampir uz

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarimalarni rasmiylashtirish va undirish tartibi o‘zgarmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirining 2026-yil 4-sentabrdagi 502-son buyrug‘ida belgilangan. Yangi tartibga ko‘ra, ma’muriy bayonnomalar YHXXning elektron tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

Haydovchilar, guvohlar va boshqa ishtirokchilar elektron bayonnomalarni elektron imzo yoki barmoq izi orqali tasdiqlashi mumkin.

Shuningdek, YHXX xodimlariga qoidabuzarlardan jarimani hodisa joyining o‘zida undirish qat’iyan taqiqlanadi. To‘lovlar elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladi.

Haydovchilar ma’muriy jarima to‘g‘risidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab 10 kun ichida yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Agar jarima qaror chiqarilgan kundan boshlab 60 kun ichida to‘lanmasa, transport vositasini ushlab turish chorasi qo‘llanishi mumkin. Yangi tartib 2027-yil 7-yanvardan kuchga kiradi.

4marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

Sadir Japarov ikkinchi muddat uchun kurashadi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2027-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun nomzodini ilgari surdi. Hozircha prezidentlikka olti kishi da’vogarlik qilmoqda.

7marta ko‘rilgan

Erkinjon Turdimov rektorlar ishdan olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov besh nafar universitet rektori ishdan olingani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. Uning aytishicha, 6-noyabr kungi yig‘ilishda to‘rt nafar rektorga qattiq ogohlantirish berilgan. Ularning lavozimida qolish-qolmasligi maxsus ishchi guruh xulosasi asosida hal qilinadi.

6marta ko‘rilgan
4marta ko‘rilgan