Iordaniyada Telegram butun mamlakat bo‘ylab bloklandi: sabab – kiberxavfsizlik

Telegram Iordaniyada bloklandi: xavfsizlik boshqarmasi qarorni kiberjinoyat, tovlamachilik va ekstremistik kontent tarqalishining oldini olish bilan izohladi.

· 1 daqiqa o‘qish

qog'oz samolyot

Iordaniyada 16-noyabr kuni Telegram messenjeri butun mamlakat hududida bloklandi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi boshqarmasi bayonotiga tayanib, Petra davlat axborot agentligi xabar berdi.

Boshqarma qarorni raqamli xavfsizlikni kuchaytirish va foydalanuvchilarni himoya qilish zarurati bilan izohladi.

Bayonotga ko‘ra, cheklov raqamli platformalardan kiberjinoyat, tahdid va tovlamachilik uchun foydalanishni kamaytirishga qaratilgan. Jamoat xavfsizligi va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi noqonuniy, jumladan, ekstremistik kontent tarqalishi ham sabab sifatida keltirilgan.

Boshqarma chora amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘rilganini bildirgan, biroq aniq qonun nomi keltirilmagan. Blok qancha davom etishi ham aytilmagan.

Fuqarolarga ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ehtiyot bo‘lish, shubhali akkaunt va havolalardan uzoq turish, noqonuniy kontent haqida rasmiy kanallar orqali xabar berish tavsiya etilgan. Ota-onalardan bolalarning internetdagi faolligini nazorat qilish so‘ralgan.

The National nashri yozishicha, qaror o‘tgan oy pravoslav cherkoviga uyushtirilgan hujum bo‘yicha uch kishi o‘lim jazosiga hukm qilinganidan bir kun o‘tib e’lon qilingan. Rasmiylar blokni bu ish bilan bog‘lamagan.

3marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

3marta ko‘rilgan