Jizzaxda tungi klublarning 500 ga yaqin reklama roligi qonunga zid deb topildi

Raqobat qo‘mitasi Jizzaxdagi ikki tungi klubning Instagram sahifalarini o‘rgandi. Reklama to‘g‘risidagi qonun buzilgani aniqlanib, roliklar olib tashlandi.

· 1 daqiqa o‘qish

odamlar, tungi klub

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi Jizzax shahridagi tungi klublar reklamasini o‘rganib chiqdi. Natijada ijtimoiy tarmoqlardagi 500 ga yaqin reklama roligi qonun talablariga zid deb topildi.

O‘rganish joriy yilning sentabr–oktabr oylarini qamrab oldi. Unda ikki korxona, “Jizzax leader food” MChJ va “Aziz Bog‘ishamol klub” MChJga tegishli tungi klublarning Instagram sahifalari tahlil qilindi. Bu sahifalarning jami obunachilari soni 120 mingdan ortiq.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, roliklarda milliy va oilaviy an’analarga hamda umume’tirof etilgan axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tasvirlar ishlatilgan.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Jizzax viloyati bo‘limi bergan xulosada reklamalar “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi talablarini buzgani qayd etilgan.

O‘rganish yakunida mazkur roliklar har ikki klubning rasmiy sahifalaridan olib tashlandi. Raqobat qo‘mitasi reklama beruvchi va tarqatuvchilarni qonun talablariga hamda milliy qadriyatlarga rioya qilishga chaqirdi.

4marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

4marta ko‘rilgan