Bloger Kokosh va aktrisa Barchin G‘ofurova qamoq jazosiga hukm qilindi
Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi Komila Abduqodirova, Barchin G‘ofurova va Nihola Rajabovaga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
· 1 daqiqa o‘qish

2026-yil 13-noyabr kuni Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasida bloger Komila Abduqodirova (Kokosh), aktrisa Barchin G‘ofurova hamda Nihola Rajabovaga oid jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, Komila Abduqodirova 3 yil 6 oy, Barchin G‘ofurova 4 yil, Nihola Rajabova esa 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Ish 2025-yilda Komila Abduqodirovaning “Med Consultant” klinikasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin yuzaga kelgan mojaro bilan bog‘liq. Sudda ayblanuvchilarning harakatlari tovlamachilik, tuhmat va haqorat bilan bog‘liq jinoyatlar doirasida baholangan. Apellyatsiya instansiyasi avvalgi sud hukmini bekor qilib, jazolarni og‘irlashtirgan. Yangi hukm ustidan taftish instansiyasiga shikoyat berish mumkin.


