Uchtepa tumanida hayvonlar va qushlarning ommaviy nobud bo‘lishi tekshirilmoqda

Chilonzor-26 mavzesida qarovsiz hayvonlar va qushlarning nobud bo‘lishiga zaharlanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

· 1 daqiqa o‘qish

ko`cha hayvonlari
ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahrining Uchtepa tumani Chilonzor-26 mavzesida qarovsiz hayvonlar va qushlarning ommaviy nobud bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mahalliy aholi bunga qasddan zaharlash sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Uchtepa tumani hokimligi holat yuzasidan hududni ko‘zdan kechirish va nobud bo‘lgan hayvonlarni yig‘ishtirish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hodisaning sabablarini aniqlash uchun tegishli xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jalb etiladi.

Hokimlikning bildirishicha, qonunga xilof harakatlar tasdiqlangan taqdirda, aybdorlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, fuqarolarga shubhali moddalarga tegmaslik, bolalar va uy hayvonlarini ulardan uzoq tutish tavsiya etildi. Aholidan hodisaga oid qo‘shimcha ma’lumotlar va aniq manzillarni hokimlikka yetkazish so‘ralgan.

6marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

6marta ko‘rilgan