KXDR Yevropa Ittifoqiga: «O‘z ishingiz bilan mashg‘ul bo‘ling»
Pxenyan BMT Uchinchi qo‘mitasidagi YI rezolyutsiya loyihasini «siyosiy provokatsiya» deb atadi va blokni o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lishga chaqirdi.
· 1 daqiqa o‘qish

KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasi 4-noyabr kuni bayonot e’lon qilib, Yevropa Ittifoqi BMT Bosh assambleyasining 81-sessiyasida Uchinchi qo‘mitaga kiritgan rezolyutsiya loyihasini keskin tanqid qildi. Bayonot 5-noyabr kuni KCNA agentligi orqali tarqatildi.
Pxenyan hujjatni «siyosiy provokatsiya» va «siyosiy tomoshabozlik» deb atadi. Vakolatxona Yevropa Ittifoqiga «o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lishni» maslahat berdi va G‘arbning inson huquqlari bo‘yicha «monopoliyasi» yo‘qligini ta’kidladi.
BMT Bosh assambleyasi 2005-yildan beri har yili KXDRdagi inson huquqlari ahvolini qoralovchi rezolyutsiya qabul qilib keladi.


