O‘zbekistonda banklar uchun naqd pul muomalasining yangi tartibi tasdiqlandi
Banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Yangi yo‘riqnoma 2027-yil fevral oyidan kuchga kiradi.
· 1 daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda banklarning naqd pul zaxiralarini boshqarish va o‘zaro taqsimlash mexanizmi yangilanmoqda. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori Adliya vazirligida 17-noyabr kuni 3977-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi tartibga ko‘ra, banklar o‘rtasidagi naqd pul almashinuvi maxsus elektron platforma orqali muvofiqlashtiriladi. Mablag‘ ortiqcha bo‘lgan banklar uni taklif qiladi, ehtiyoj sezgan moliya tashkilotlari esa elektron talabnoma yuboradi. Pulni yetkazib berish inkassatsiya xizmati orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, banklar har oy uchun naqd pul kirimi va chiqimi bo‘yicha prognoz tayyorlab, yangi oy boshlanishidan kamida uch bank ish kuni oldin elektron shaklda taqdim etishi kerak. Hujjatda muomalaga chiqariladigan banknot va tangalarning nominal qiymati, tashqi farqlovchi belgilari, davlat ramzlari hamda qalbakilashtirishga qarshi himoya vositalariga qo‘yiladigan talablar ham belgilangan.


