2026-yilning eng ommabop parollari reytingida «123456» yana birinchi bo‘ldi

Eng ko‘p ishlatiladigan parollar bo‘yicha 2026-yilgi NordPass tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. Raqamlar ketma-ketligidan iborat sodda parol sakkiz yil ichida yettinchi marta reyting yetakchisiga aylandi.

· 1 daqiqa o‘qish

yashil rangli kiyim kiygan qiz, sonlar, telefon
nordpass.com

Dunyoda internet foydalanuvchilari orasida eng ko‘p uchraydigan parol yana «123456» bo‘ldi. NordPass kompaniyasining 2026-yilgi tadqiqotida ushbu kombinatsiya eng yuqori pog‘onani egalladi. Qizig‘i, sakkiz yillik kuzatuv davomida u yetti marta birinchi o‘ringa chiqqan. Reytingning dastlabki uchta qatoridan o‘rin olgan parollar ham murakkabligi bilan ajralib turmaydi. Ikkinchi pog‘onada «admin», uchinchi o‘rinda esa «12345678» kombinatsiyasi qayd etilgan. Bu natijalar foydalanuvchilar akkauntlariga kirish ma’lumotlarini tanlashda hanuz sodda variantlarga murojaat qilayotganini ko‘rsatadi. NordPass hisobotida tadqiqot NordLayer Intelligence hamda kiberxavfsizlik sohasidagi mustaqil mutaxassislar hamkorligida amalga oshirilgani qayd etilgan. Tahlil uchun 2025-yil sentabridan 2026-yil sentabrigacha bo‘lgan davrda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlar sizib chiqishi holatlari va qorong‘i internetdagi (dark web) ma’lumotlar to‘plamlari o‘rganilgan. Natijalar statistik usulda umumlashtirilgan. Tadqiqot 44 mamlakatdagi parol tanlash tendensiyalarini ham qamrab olgan. Kompaniya hisob xavfsizligini kuchaytirish uchun har bir akkauntda alohida paroldan foydalanish, kamida 15 belgidan iborat murakkab kombinatsiyalarni tanlash va ko‘p bosqichli autentifikatsiyani (akkauntga kirishda qo‘shimcha tasdiqlash) yoqishni tavsiya qiladi. Shuningdek, parollarni muntazam yangilab borish hamda ularni ishonchli boshqaruv vositalarida saqlash tavsiya etiladi.

7marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

7marta ko‘rilgan