Geenius Day 2026: 35 mamlakatdan 200 ga yaqin Geely egasi Xitoyda jamlandi

Geely Auto Xanchjouda ilk xalqaro Geenius Day tadbirini o‘tkazdi. Unda turli mamlakatlardan kelgan avtomobil egalari ishlab chiqarish va xavfsizlik markazlari bilan tanishdi.

· 2 daqiqa o‘qish

Turli mamlakatlardan kelgan avtomobil egalari
geely.com

Geely Auto 11-noyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida Geenius Day 2026 xalqaro uchrashuvini tashkil etdi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, besh kun davom etgan tadbirda 35 mamlakat va hududdan 200 ga yaqin avtomobil egasi qatnashgan. Ular orasida O‘zbekiston vakillari ham bo‘lgan.

«GO WITH GEELY» shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvda Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va Okeaniya davlatlaridan kelgan ishtirokchilar jamlangan. Ular Geely avtomobillaridan foydalanish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, boshqa mamlakatlardan kelgan haydovchilar bilan tanishgan.

Dastur doirasida mehmonlar Zeekr avtomobillari ishlab chiqariladigan avtomatlashtirilgan zavodga tashrif buyurdi. Shuningdek, ular Ningbo shahridagi Geely Global Safety Center faoliyati bilan tanishib, avtomobillarning xavfsizlik sinovlari qanday o‘tkazilishini kuzatdi.

Tadbirning madaniy qismida Xanchjoudagi G‘arbiy ko‘l atrofida sayohatlar, foto va videotasvirga olish ishlari tashkil etildi. Ishtirokchilar orasida Geely’ning EX2, EX5, Monjaro va Coolray kabi o‘ndan ortiq modelidan foydalanadigan avtomobil egalari bo‘lgan.

Geenius Day 2026 kompaniyaning 2025-yilda ishga tushirilgan GEELY GO xalqaro hamjamiyati tashabbusi doirasida o‘tkazildi. Ushbu loyiha avtomobil egalariga o‘zaro muloqot qilish, tajriba almashish va kompaniya bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.Hozirda Geely Auto dunyoning 100 dan ortiq mamlakat va hududida faoliyat yuritadi. Kompaniya Geenius Day kabi tadbirlar orqali turli mamlakatlardagi avtomobil egalari bilan aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan.

6marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

6marta ko‘rilgan