Afg‘onistonda boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 53 foizi ta’limdan tashqarida
UNESCO va UNICEFning qo‘shma hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 53 foizi rasmiy ta’lim tizimidan tashqarida qolmoqda.
· 1 daqiqa o‘qish

YUNESKO va UNICEF 4-noyabr kuni «Afg‘onistonda ta’lim holati — 2026» qo‘shma hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 53 foizi rasmiy ta’limdan tashqarida.
Hisobotda sabab sifatida qizlar va ayollar ta’limiga qo‘yilgan davomli cheklovlar, ta’limga investitsiyaning yetishmasligi va aholining tez o‘sishi ko‘rsatilgan. Ta’limga talab oshib borayotgan sharoitda millionlab odam ta’limdan chetda qolmoqda.
Afg‘oniston qizlarga o‘rta ta’lim berilishini taqiqlagan yagona davlat bo‘lib qolmoqda; millionlab qizlar oliy ta’lim olish imkoniyatidan mahrum.
BMT mutaxassislari ta’lim olish imkoniyati bolalarning kelajagi va mamlakatning uzoq muddatli rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.


