Dublin–Rim reysi bomba tahdidi sabab Fransiyadagi harbiy bazaga qo‘ndirildi

Aer Lingus A320 samolyoti 5-noyabr kuni bomba tahdili sabab Normandiyadagi harbiy aviabazaga yo‘naltirildi. Tahdid yolg‘on bo‘lib chiqdi.

· 1 daqiqa o‘qish

samolyot
The Independent

Aer Lingus aviakompaniyasining Dublin–Rim reysini bajarayotgan Airbus A320 samolyoti 5-noyabr kuni bomba tahdidi sabab Fransiya havo hududida yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Al-Jazira va The Independent’ning xabariga ko‘ra, samolyot Normandiyadagi Évreux harbiy aviabazasiga qo‘ndirilgan, uni harbiy samolyotlar kuzatib borgan. Qo‘nish xavfsiz o‘tgan, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari jabr ko‘rmagan.

Voqea haqida Fransiya Bosh vaziri idorasi ma’lumot tarqatgan. Keyinroq tahdid yolg‘on ekani aniqlangan.

Bu — bir hafta ichida Yevropa reyslariga qilingan ikkinchi shunday tahdid. Sky News bir necha Yevropa reysida o‘xshash ogohlantirishlar qayd etilganini xabar qilgan.

0marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

0marta ko‘rilgan