GTA 6 taqdimoti boshlandi
Uzoq kutilgan GTA 6 o‘yini ayrim hududlarda ishga tushdi. Mashhur strimerlar o‘yinni jonli efirda namoyish etmoqda. YouTube esa o‘yin taqdimotiga bag‘ishlab 24 soatlik global translyatsiya tashkil qilmoqda.
· 1 daqiqa o‘qish

Rockstar Games kompaniyasining uzoq kutilgan Grand Theft Auto VI (GTA 6) o‘yini 19-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda ayrim hududlarda ishga tushdi. Yangi Zelandiya o‘yinga birinchilardan bo‘lib kirish imkoniga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘ldi.
O‘yinning taqdimoti strimerlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Amerikalik strimer N3ON yangi o‘yinni ilk bo‘lib namoyish etish maqsadida Yangi Zelandiyaga yo‘l oldi va u yerdan jonli efirga chiqishni rejalashtirdi. Shuningdek, mashhur strimerlar Kai Cenat va IShowSpeed ham GTA 6 o‘yinini jonli efirda o‘ynash rejalarini e’lon qilgan.
YouTube va Rockstar Games hamkorligida esa o‘yin taqdimotiga bag‘ishlangan 24 soatlik global jonli efir tashkil etilmoqda. Unda Caylus, Jelly, Cinna, Zhong va boshqa taniqli kontent yaratuvchilar ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, GTA 6 PlayStation 5 hamda Xbox Series X|S platformalari uchun chiqarilgan.


