Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar ochiladi

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan ayollarning uch yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun «Ona va bola markazlari» tashkil etiladi.

· 1 daqiqa o‘qish

Saida Mirziyoyeva, mahkuma
anhor.uz

Prezidentning 2026-yil 12-noyabrdagi PQ–395-sonli qaroriga muvofiq, 1-dekabrdan 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Markazlarda besh nafargacha bolani qamrab oladigan kecha-yu kunduz ishlovchi guruhlar tashkil etiladi. Bolalar yashash, tarbiyalanish, oziq-ovqat, kiyim-kechak va tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Ularning sharoitlari har chorakda monitoring qilib boriladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi esa har chorakda ona va bola uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, monitoring olib boradi. Mazkur tartib jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim va ijtimoiy himoya xizmatlari bilan qamrab olishga qaratilgan.

7marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

7marta ko‘rilgan