Mirziyoyev COP31 sammitida Markaziy Osiyo uchun iqlim integratsiyasi modelini taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Turkiyaga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. 11-noyabr kuni Antaliya shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida o‘tkazilgan Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Unda 90 dan ortiq mamlakat davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

· 1 daqiqa o‘qish

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
president.uz

Prezident O‘zbekistonning ekologik sohadagi natijalarini qayd etib, mamlakat gaz chiqindilarini 35 foizga qisqartirish maqsadiga muddatidan oldin erishganini ma’lum qildi. 2035-yilga qadar bu ko‘rsatkichni 50 foizga yetkazish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini esa yaqin to‘rt yilda 54 foizga oshirish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi va qurg‘oqchilik kabi muammolarni birgalikda hal etish uchun mintaqaviy Iqlim integratsiyasi modelini taklif qildi. Tashabbus iqlim xavflari haqida ma’lumot almashish, ekologik texnologiyalarni rivojlantirish va yangi moliyalashtirish mexanizmlarini yaratishni nazarda tutadi. Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatni ushbu tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish va iqlim o‘zgarishiga qarshi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

10marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

10marta ko‘rilgan