O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimini tark etdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. U 2023-yil sentabridan buyon universitetga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

· 1 daqiqa o‘qish

Ilhomjon To'xtasinov
UzSWLU.uz

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich To‘xtasinov lavozimini tark etdi. Universitet matbuot kotibi ma’lumotiga ko‘ra, u 2026-yil 11-noyabr kuni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgan. Universitetning rasmiy saytida ham rektor lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan. Hozirda rektor vazifasini Muhammad Chutpo‘latov bajarib turibdi. Ilhomjon To‘xtasinov 1980-yilda tug‘ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor. U 2016–2023-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutiga rahbarlik qilgan. 2023-yil 9-sentabrda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlangan. Avvalroq, 6-noyabr kuni beshta oliy ta’lim muassasasi rektori ishdan olingani haqida xabarlar tarqalgan, biroq vazir Erkinjon Turdimov bu ma’lumotlarni rad etib, to‘rt nafar rektorga jiddiy ogohlantirish berilganini bildirgandi. 12-noyabr kuni esa “Daryo” nashri o‘z manbalari va oliy ta’lim muassasalari vakillariga tayanib, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov va Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov ham lavozimlarini tark etganini xabar qildi. Botir Usmonovning o‘rniga Toyir Safarov, Bahodir Xoliqovning o‘rniga esa Umid Jumanazarov vaqtincha rektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

8marta ko‘rilgan
Manbalar

Yana o‘qing

8marta ko‘rilgan