To‘y karvoni yo‘lni to‘sib raqsga tushdi: yettitasi 7 sutkaga qamaldi
Toshkentning Olmazor tumanida yo‘l qatnov qismida raqsga tushgan 8 nafar yigit mayda bezorilikda aybdor topildi: biri 5, yettitasi 7 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.
· 1 daqiqa o‘qish

Olmazor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 2026-yil 3-noyabrdagi qarori bilan 19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 8 nafar yigitni mayda bezorilikda aybdor deb topdi. Sud hujjatiga ko‘ra, ular 31-oktabr kuni Gulsaroy ko‘chasi qatnov qismida raqsga tushib, transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qilgan.
Jazo turlicha bo‘ldi: bir yigit 5 sutkaga, qolgan yettitasi 7 sutkadan ma’muriy qamoqqa olindi. Ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — mayda bezorilik bo‘yicha ko‘rilgan.
Sudda ayblanuvchilarning o‘zlari izoh berdi. “Yo‘lni to‘sdik, biroz o‘ynab-kulduk. Oxiri shu yerga borishini o‘ylamagan edik. Qilgan ishimizdan afsuslanamiz, boshqa takrorlanmaydi”, — degan ulardan biri. Yana biri soat 16:00 atrofida kelinning uyidan chiqayotganda “quvonch va hissiyotga berilib” yo‘lni to‘sib qo‘yganini aytgan.


